Virtual qabulxona

Telefon

+998937300384

Elektron pochta

beshariqmedtex0384@gmail.com

ish vaqti:

8:00 dan 16:00 gacha

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

"Ilk qalirg'och" bitiruvchilar

Beshariq Abu Ali ib Sino nomidagi Jamoat salomatligi

 Texnikumi 3-bosqich bitiruvchilarining 

11.07.2023-yil bo’lib o’tadigan

“Bitiruv kechasi” ssenariysi

 

  1. O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi kuylanadi.
  2. Tuprog’ingda daholar xoki

Ul sohibi dunyolar xoki

Bobolarki, ulug’ chinordek

Momolarki, qutlug’ Nigordek

Sen onasan muqaddas Vatan,

Yagonasan muqaddas Vatan!

Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizni yangrayotgan madhiyamiz bilan boshlash g’urur va iftixorimizdir!

 

Assalom yoshlikning eng ulug’ tongi

Ko’zlari yoshlangan ustoz, assalom!

Mustaqil hayotga ko’zini tikib,

Quvonchdan entikkan yoshlar, assalom!

Assalomu alaykum bayram tadbirimizga tashrif buyurgan hurmatli va qadrli aziz mexmonlar, munis va mehribon, qalbida ilm gavharini tizgan mehri daryo ustozlar! Assalomu alaykum, bugun yuragi ham quvonch, ham shodlik bilan to’lgan orzular qanotida uchayotgan bitiruvchi yoshlar va farzandining quvonchiga sherik bo’lish uchun tashrif buyurgan hurmatli ota onalar!

Yangi O’zbekistonimizning Uchinchi Renessans poydevori bo’lmish Texnikumimizning birinchi qaldirg’ochlari o’zlarining namunali xulqi, tibbiyot ilmini o’rganishdagi yuksak iqtidori, bilim olish davomidagi tashabbuskorligi, yuksak ma’naviyatga ega ekanligi, ijodkorligi va 3 yil davomida a’lo baholarga o’qib, mana bugun bitirish arafasida turibdilar. Bitiruvchi yoshlarimizni tabriklash va ushbu tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini Beshariq tumani xokimi Jo’rayev Rasuljon Karimovichga beramiz! Marxamat!!!

     Sizga  minnatdorchilik bildirgan holda, shu narsani mamnuniyat bilan ayta olamizki, bizning bitiruvchilarimiz el koriga yaraydigan, tumanimizni yuzini yorug’ qiladigan namunali yoshlar bo’lib yetishishiga yuksak ishonch bildirib qolamiz.   

                                       

  1. Bitiruvchilarimiz 368 nafar bo’lib, ulardan “Hamshiralik ishi” yo’nalishi, “Umumiy amaliyot hamshirasi” kasbi bo’yicha 197 nafar, “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher akusherlik ishi” kasbi bo’yicha 145 nafar, “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher laborantlik ishi” kasbi bo’yicha 26 tani tashkil etmoqda. Bitiruvchilarimizning 12 nafari faqat a’lo baholarga o’qiganligi, Texnikum o’quvchilari o’rtasida alohida o’rnak ko’rsatganligi, sog’lom turmush tarzini aholi orasida keng targ’ib etganligi, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini yuksaltirishi, siyosiy bilimdonligi va huquqiy savodxonligini hisobga olib, ularga davlat namunasidagi imtiyozli diplom, qolgan 356 nafar o’quvchilarimizga davlat namunasidagi mutaxasislik diplomi topshirilmoqda. Bitiruvchi yoshlarimizni qutlash uchun davraga aziz mexmonimiz  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg’ona viloyati Hududiy boshqarmasi boshlig’i Yunusov Ziyodbek  Alisherovichga

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ni taklif etamiz. Marhamat, kutib oling.

  

  1. Mexmonlarimizga tashakkurlarimizni izhor qilgan holda, sahnaga mamnuniyat bilan Imtiyozli diplomga nomzodlarni taklif etamiz.
  1. “Hamshiralik ishi” yo’nalishi “Umumiy amaliyot hamshirasi” kasbi 301- guruh o’quvchisi Isomiddinova Kibriyoxon Ilxomjon qizi 
  2. “Hamshiralik ishi” yo’nalishi “Umumiy amaliyot hamshirasi” kasbi 301- guruh o’quvchisi Olimjonova O’g’iloy Shavkatjon qizi 
  3. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher akusherlik ishi” kasbi 307-guruh o’quvchisi Eshmatova Maktuba Mirfozilovna
  4. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher akusherlik ishi” kasbi 307-guruh o’quvchisi Ismoilova Nilura Rahmatullayevna
  5. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher akusherlik ishi” kasbi 307-guruh o’quvchisi Siddiqova Odina Xamzaxon qizi
  6. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher laborantlik ishi” kasbi 311-guruh o’quvchisi Bobojonov Shuhrat Abdumajid o’g’li
  7. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher laborantlik ishi” kasbi 311-guruh o’quvchisi Ibragimova Feruza Umarjon qizi
  8. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher laborantlik ishi” kasbi 311-guruh o’quvchisi Dadaboyeva Feruza Xazratqulovna
  9. “Davolash ishi” yo’nalishi, “Feldsher laborantlik ishi” kasbi 311-guruh o’quvchisi Akbarova Zeboxon Iqboljon qizi
  10. “Hamshiralik ishi” yo’nalishi “Umumiy amaliyot hamshirasi” kasbi 312- guruh o’quvchisi Alimova Muhayyo Muhammadaliyevna
  11. “Hamshiralik ishi” yo’nalishi “Umumiy amaliyot hamshirasi” kasbi 312- guruh o’quvchisi Abdumalikova Dilnoza Valijonovna
  12. “Hamshiralik ishi” yo’nalishi “Umumiy amaliyot hamshirasi” kasbi 312- guruh o’quvchisi Toshqo’ziyeva Zubayda  No’monjon qizi

 

Hurmatli o’quvchilarimiz, imtiyozli diplomlaringiz muborak bo’lsin! Xalq oldidagi mas’uliyatli kasbingizda ulkan zafarlar, muvaffaqiyatlar yor bo’lsin!!!

 

  1.   Texnikumda tahsil olayotgan shunday o’quvchilarimiz borki, ular o’zlarining  namunali xulqi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlaridagi faolligi bilan qolgan o’quvchilardan ajralib turadi, o’quvchilar hamda o’qituvchilar jamoasi tomonidan  e’tirof etilgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etadilar. Ana shunday o’quvchi yoshlarimizni dunyoga keltirgan, yetuk farzand etib  tarbiyalagan ota onalarimizga  Beshariq tuman hokimligi va Texnikumimiz rahbariyati o’zlarining  minnatdorchiliklarini bildirgan holda, tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlab o’tadilar. Marhamat, sahnaga taklif etamiz.
  2.       Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi Texnikumida samarali olib borgan mexnati, ta’lim  sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdagi faolligi,  mamlakatimizning kelajagi bo’lgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, Vatanga sadoqat ruhida  tarbiyalashdagi mashaqqatli sermazmun, sharafli va fidokorona mehnatlari uchun quyidagi ustozlarimiz hududiy boshqarma va tuman xokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.
  3.     Taqdirlashda ishtirok etgan mexmonlarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, bayram tadbirimizning badiiy qismiga o’tamiz. Marhamat, tomosha qiling va zavqlaning. Sizning sharafingizga bag’ishlangan. Maroqli hordiq tilaymiz!!
  1. “Farg’onada bittagina” Raqsida 309- guruh o’quvchisi Abdullayeva Begoyim
  2. “Yalala bobo” Ijro etadi 201-guruh o’quvchisi Sardor
  3. “Boboyjonim” Ijro etadi 307-guruh o’quvchilari
  4. Sahna ko’rinishi. Ijro etadi 309-guruh o’quvchisi Abdullayeva Begoyim va 307-guruh o’quvchisi Eshmatova Maktuba
  5. “Ustoz” monologi. Ijro etadi 202-guruh o’quvchisi Ulug’bek
  6. “Yeyasim galdi”  Ijro etadi 307-guruh o’quvchilari
  7. “Kel kel” Ijro etadi 103- guruh o’quvchisi Ashuraliyeva Farangiz va 201-guruh o’quvchisi Sardor
  8. “Lazgi afsonasi” Ijro etadi 309-guruh o’quvchisi Abdullayeva Begoyim
  9. Andijon polkasi 309-guruh o’quvchisi Abdullayeva Begoyim
  10. “Bugun bayram” qo’shig’i taqdim etiladi.
  11. “Talabalik oltin davrim” qo’shig’i taqdim etiladi.

 

  1. Bugungi bitiruv kechamizni yopib berish so’z navbatini N.N.Akbarovaga beramiz. E’tiboringiz uchun raxmat!!!