8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami
Assalomu alaykum!
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining barcha ayol hodimlari, hurmatli pedagoglari hamda aziz o‘quvchi qizlarini chin qalbimdan muborakbod etaman!
Siz azizlar jamiyatimizning ko‘rki, ilm-fan va tarbiyaning fidoyi namoyondalarisiz. Sizlarning mehnatingiz, mehringiz va sabringiz tufayli kelajak avlod barkamol bo‘lib voyaga yetmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, cheksiz quvonch va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Har doim e’zozda, hurmatda bo‘ling, yuzingizdan tabassum arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Русский
English