2023/2024-o‘quv yilida kollejlarga va texnikumlarga qabul boshlandi.
2023/2024-o‘quv yilida kollejlarga 41 330 ta, texnikumlarga 68 216 ta qabul kvotasi belgilandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 109 546 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.